UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Erasmus+ QUARTZ loyihasi doirasida trening bo‘lib o‘tdi.

05.06.2025 1 daq o'qish 1

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Erasmus+ QUARTZ loyihasi doirasida trening bo‘lib o‘tdi.

✅Joriy yilning 28-may kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Oliy taʼlim muassasalarida sifatni taʼminlash boʻyicha islohot va transformatsiya” mavzusida trening tashkil etildi. Mazkur tadbir Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida amalga oshirilayotgan QUARTZ loyihasi asosida o‘tkazildi.

Treningni loyiha koordinatori

S.Samariddinov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida QUARTZ loyihasining O‘zbekiston oliy taʼlim tizimida muhim va samarali loyihalardan biri sifatida o‘z o‘rniga ega ekanligini taʼkidladi.

➡️Treningda universitetning professor-o‘qituvchilari, bo‘lim xodimlari va talabalar faol ishtirok etishdi.

⬜️Dastur quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oldi:

🟡Sifat boshqaruvi tizimining tahlili;

🟡Yevropa tajribasiga asoslangan sifat nazorati mexanizmlari;

🟡Akademik takliflarni rejalashtirish;

🟡Ilmiy tadqiqotlar va PhD dasturlarini baholash;

🟡Talabaga yo‘naltirilgan o‘quv rejalarini ishlab chiqish;

🟡Guruh tomonidan mashg‘ulotlar va amaliy topshiriqlarning bajarilishi.

💠Mazkur trening oliy taʼlimda sifatni oshirish, xalqaro tajribani o‘zlashtirish hamda innovatsion yondashuvlarni joriy etishga xizmat qiladi.

Ulashish: