Ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, ta’lim sifatini xalqaro standartlarga muvofiq oshirish hamda professorlar, doktorantlar, magistrantlar va bakalavr talabalarining Web of Science xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasi va Pivot-RP xalqaro grantlar platformasidan samarali foydalanishlari uchun metodik va informatsion resurslarni taqdim etish maqsadida trening tashkil etildi.
Treningni Clarivate kompaniyasining mintaqaviy konsultanti Diana Abdumuminova hamda doktor Muyassar Fayziyeva olib bordilar. Ular ishtirokchilarga xalqaro miqyosda tan olingan ma’lumotlar bazalaridan ilmiy tadqiqotlarda qanday foydalanish, ilmiy maqolalarni nashr etishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan asosiy jihatlar hamda xalqaro grantlarda ishtirok etish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdilar.