Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi arafasida mamlakatimizda yoshlar tarbiyasi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va keng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan ezgu ishlar izchil davom etmoqda. Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari Milliy gvardiya chavandozlar maktabida ot sportining nozik jihatlari, milliy chavandozlik san’ati, otlarni parvarish qilish kabilar bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur tashrif nafaqat talabalarga sportga — xususan, ot sportiga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirdi. Bunday uchrashuvlar yoshlarning jismoniy chiniqishi, ma’naviy barkamolligi va vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirishga xizmat qilishi bilan alohida ahamiyatga ega.