Qozog‘iston Respublikasi Madaniyat va axborot vazirligi ko‘magida 2025-yil 9–13-aprel kunlari Taraz shahrida, Xalqaro Taraz universiteti bazasida Mintaqaviy darajada volontyorlikning eng yaxshi tajribalari bilan o‘rtoqlashishga qaratilgan “Global muloqot doirasi” nomli xalqaro tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda 100 nafardan ortiq ishtirokchi, jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjondan 12 nafar xorijiy delegat vakillari ishtirok etdi. Ushbu tadbirga O‘zbekistondan 4 nafar faol volontyor saralab olingan. Ularning orasida universitetimiz talabasi Iroda Yakupbayeva ham faol ishtirok etdi.