Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jamoaviylik hissini shakllantirish maqsadida talabalar turar joyida pedagog-tarbiyachi va tyutor hamkorligida voleybol musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqada talabalar jamoalarga bo‘lingan holda o‘zaro kuch sinashdilar.Qizg‘in va mushtarak kurash ruhida o‘tgan uchrashuvlar ishtirokchilar va tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Bu kabi sport tadbirlari talabalarni jismoniy va ma’naviy jihatdan rivojlantirishda, hamda ularning do‘stona munosabatlarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.