Mazkur tadbir talaba-yoshlar ongida halollik, mas’uliyat va adolat qadriyatlarini mustahkamlashga xizmat qildi. Tadbir davomida universitet faoliyatida ochiqlikni taʼminlash, korrupsion xavflarning oldini olish va bartaraf etish, sohada zamonaviy antikorrupsion tizimlarni joriy etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berib oʻtildi.
Shuningdek, universitetda dekabr oyida Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi o‘tkazilmoqda. Oylik davomida faol qatnashgan talabalar alohida e’tirof etilib, ularning mehnat va intilishlari munosib rag‘batlantirildi.