Bugun “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Kelajak soati” rukni doirasida 2-bosqich talabalari uchun navbatdagi Ma’rifat darsi tashkil etildi. Mazkur darsni fakultet dekani N. Xushvaqtov olib bordi.
Ma’rifat darsi “Bag‘rikenglik” mavzusiga bag‘ishlanib, unda talabalarga bag‘rikenglik, insoniylik, millatlar va dinlar o‘rtasidagi hamjihatlik, o‘zaro hurmat kabi umuminsoniy qadriyatlarning jamiyat hayotidagi o‘rni haqida so‘z yuritildi.
Tadbir davomida mamlakatimizda tinchlik va totuvlikni mustahkamlash, yoshlarda bag‘rikeng dunyoqarashni shakllantirishning ahamiyatiga alohida urg‘u berildi.
Dars jarayonida talabalar faol ishtirok etib, mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar. Ma’rifat darsi ma’naviy-ma’rifiy ruhda o‘tib, yoshlarda ezgulik, sabr-toqat hamda bag‘rikenglikka da’vat etuvchi ijobiy muhitni yaratdi.