UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Talabalar uchun “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” mavzusida ma’rifiy dars tashkil etildi

13.01.2026 1 daq o'qish 1

Talabalar uchun “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” mavzusida ma’rifiy dars tashkil etildi

Talabalar uchun “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” mavzusida ma’rifiy dars tashkil etildi

Universitetimizning 2-bosqich talabalari ishtirokida “Kelajak soati” rukni doirasida “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” mavzusida ma’rifiy dars tashkil etildi. Ma’rifiy darsda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.Abduvaxidova vatanga sadoqat, jasorat, fidoyilik hamda milliy qadriyatlarni e’zozlash yuzasidan zarur tushunchalar berdi. Talabalarga vatanparvarlik tuyg‘usining mazmun-mohiyati, mardlik va mas’uliyatning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida gapirdi. Ochiq muloqot shaklida o‘tgan ma’rifat dars yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar. Mazkur ma’rifiy uchrashuv yoshlar ongida vatanparvarlik g‘oyalarini mustahkamlash, ularni yurt ravnaqi yo‘lida faol va mas’uliyatli shaxs bo‘lib tarbiyalanishada muhim ahamiyat kasb etadi.

#education
Ulashish: