Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Yoshlar ma’naviyatiga bag‘ishlangan ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

11.03.2026 1 daq o'qish 40

Yoshlar ma’naviyatiga bag‘ishlangan ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Samarqand viloyati Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi hamda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamkorligida universitetning 1-bosqich talabalari uchun “Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni” mavzusida ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Uchrashuv davomida so‘z olgan mutaxassislar va ma’ruzachilar milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalash, jamiyatda ma’naviy barqarorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Shuningdek, talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar qaytarildi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan milliy qadriyatlar va an’analarning bugungi kundagi ahamiyati, ularni yosh avlod ongiga singdirish yo‘llari haqida qizg‘in bahs-munozaralar olib borildi.

Mazkur ma’rifiy tadbir yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy kamolotini ta’minlash va jamiyat hayotida faol ishtirok etishga undashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Galereya

Ulashish: