"Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 2-bosqich talabalari uchun “Kelajak soati” rukni ostida “Milliy o‘zlik” mavzusida ma’rifat darsi tashkil etildi.
Mazkur dars universitet fakultet dekani N. Xushvaqtov tomonidan olib borildi.
Dars davomida milliy qadriyatlar, o‘zlikni anglash, tarixiy merosga hurmat va bugungi yoshlarning jamiyatdagi o‘rni haqida muhim fikrlar bildirildi.
Talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavzu yuzasidan savol-javoblar tashkil etildi.
Ushbu ma’rifiy dars yoshlarning milliy ongini shakllantirish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi.