2025-yil 30-oktabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan universitet inspektori hamda tyutor hamkorligida “Korrupsiyadan holi ta’lim muassasasi” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirda barcha 1-bosqich ko‘plab guruhlari talabalari faol ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida korrupsiyaning salbiy oqibatlari, unga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, shuningdek, halollik, poklik va adolat tamoyillarini ta’lim jarayonida keng targ‘ib etish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir ishtirokchilari o‘rtasida ochiq muloqot tarzida fikr almashildi, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Tadbir yakunida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabat bildirish, halollik muhitini shakllantirish va har bir talabaning ushbu jarayonda faol ishtirokini ta’minlash zarurligi alohida ta’kidlandi.