2025-yilning 2-dekabr kuni “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti mutasaddilari hamda xotin-qizlar kengashi qoshida tashkil etilgan “Qizlarjon” va “Lider qizlar” klubi a’zolari tomonidan “Ona tabiatni asraylik” shiori ostida Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi talaba-yoshlari uchun “Ekologik qonunchilik - mening huquq va burchlarim” mavzusida tadbir tashkil etildi. Universitet vakillari tomonidan texnikum professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlariga ekologik muammolarning kelib chiqish sabablari ma’ruza, rolik, she’r, kuy va qo‘shiq hamda sahna ko‘rinishlari orqali keng yoritib berildi. Tadbirda ishtirok etgan talabalarga ekologik muammolarni bartaraf etish yuzasidan qabul qilingan islohotlar va qonunlar to’g‘risida to’liq statistik ma’lumotlar taqdim qilindi. Man’aviy va ma’rifiy tadbir savol-javoblarga va qizg‘in munozaralarga boy bo‘ldi.