Seminar davomida universitetning mustaqil izlanuvchilari Kamolova Mohinur Iskandarovna va Mahmudova Aziza Pirmamatovnaning 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha dissertatsiya ishlari muhokama qilindi.
Mustaqil izlanuvchi Kamolova Mohinur Iskandarovna “Raqamli iqtisodiyot sharoitida turizm sohasida xizmatlar sifatini oshirish mexanizmini takomillashtirish” mavzusida iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishini, Mahmudova Aziza Pirmamatovna esa “Hududlarda turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish jarayonining ilmiy asoslarini takomillashtirish” mavzusida iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishini va erishilgan natijalar yuzasidan ma’lumotlarni taqdim etdi.
Mustaqil izlanuvchilarning taqdimotlari seminar ishtirokchilari tomonidan ijobiy baholanib, ularning keyingi ilmiy izlanishlarini davom ettirish uchun universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.