2025-yil 17–18-noyabr kunlari Buxoroda “Turkiya va O‘zbekistonda oilani mustahkamlashga asoslangan davlat siyosati” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil qilindi. Ushbu nufuzli tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish jamiyati, “Science and Innovation” xalqaro ilmiy jurnali hamda Istanbul tijorat universiteti hamkorligida tashkil etildi. Konferensiya dastlab Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning kirish so‘zlari bilan boshlandi. Tadbirda Turkiya davlatining faxriy mehmonlari, mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarining xotin-qizlar maslahat kengashi raislari, shuningdek, ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan olima ayollar ishtirok etdilar. Mamlakatimiz va xorijiy ekspertlar tomonidan dolzarb masalalar tahlil qilindi, ilg‘or xalqaro tajribalar almashildi va kelgusi hamkorlikning yangi yo‘nalishlari belgilab olindi. Ikki kun davom etgan anjumanda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova ham faol ishtirok etdi.
