UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Universitetimizning "Tarix va madaniy meros" kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 12-yanvardagi PQ-19-son qarorining 14-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida Xitoyning Northwest universiteti jamoasiga onlayn ma'ruza o'tkazildi. Ma'ruza kafedra dotsenti Mastura Sidikova tomonidan olib borildi. Ma'ruzada Xitoy va O'zbekiston o'rtasidagi tarixiy, iqtisodiy va madaniy aloqalar batafsil yoritildi.

26.09.2025 1 daq o'qish 1

Shuningdek, O'zbekistonning boy madaniy merosi, turizm salohiyati hamda o'zbek xalqi madaniyatiga oid muhim ma'lumotlar taqdim etildi.Ushbu tadbir doirasida ikki universitet o'rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi va kelgusidagi hamkorlik rejalariga kelishib olindi. Mazkur onlayn ma'ruza ilmiy-gumanitar sohada hamkorlikni mustahkamlash, madaniy almashinuv va o'zaro yuksalishga xizmat qiladi.Bu kabi ilmiy va madaniy hamkorliklar ikki davlat o'rtasidagi do'stona munosabatlarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Universitet rahbariyati va kafedra jamoasi bunday tashabbuslarni qo'llab-quvvatlashda davom etadi.

Ulashish: