Universitet komplayens xodimi hamda tyutorlar hamrohligida faol talaba-yoshlar ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurash” mavzusida ochiq muloqot darsi tashkil etildi. Mazkur tadbir samimiy va qiziqarli muhitda o‘tib, unda korrupsiyaning kelib chiqish sabablari, jamiyat va ta’lim tizimiga salbiy ta’siri hamda unga qarshi kurashish yo‘llari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Ochiq muloqot davomida ishtirokchilar o‘z mulohaza va takliflarini bildirishar ekan, korrupsiyaning oldini olishda yoshlarning faolligi, huquqiy ong va mas’uliyat muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, kelgusida korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish, halollik va adolat tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan bir qator amaliy g‘oyalar muhokama qilindi.