Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Talabalar uchun “Innovatsion loyiha — tashkil etishning yangi shakli” mavzusida ochiq amaliy dars tashkil qilindi

02.12.2025 1 daq o'qish 37

Talabalar uchun “Innovatsion loyiha — tashkil etishning yangi shakli” mavzusida ochiq amaliy dars tashkil qilindi

“Xalqaro biznes va kreativ iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti v.b. N. Sultanova tomonidan 3-bosqich Hotel Sam B223 guruhi talabalari uchun Innovatsion menejment fanidan “Innovatsion loyiha — tashkil etishning yangi shakli” mavzusida ochiq amaliy dars tashkil qilindi. Ushbu ochiq darsning asosiy maqsadi — talabalar orasida innovatsion fikrlashni rivojlantirish, kreativ g‘oyalarni shakllantirish hamda ular asosida ilmiy-amaliy loyihalar yaratish ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Dars davomida talabalar tomonidan ishlab chiqilgan turli innovatsion loyihalar taqdim etildi, har bir loyiha bo‘yicha o‘ziga xos yondashuvlar, afzalliklar va takomillashtirish yo‘nalishlari muhokama qilindi. N.Sultanova tomonidan loyihalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi, talabalarning tashabbuskorligi qo‘llab-quvvatlandi hamda ularni kelajakda innovatsion faoliyatga faol jalb etishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Galereya

Ulashish: