Universitetning sirtqi ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar bilan korrupsiyaga qarshi kurashish hamda bartaraf etish va huquqiy ongni oshirish maqsadida ochiq muloqot darsi o'tkazildi . Ochiq muloqot davomida korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uning oldini olish choralari hamda talaba-yoshlarning bu boradagi o‘rni haqida atroflicha ma’lumot berib o‘tildi.
Shuningdek, talabalar o‘rtasida halollik, adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda shaxsiy mas’uliyatni oshirish masalalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbir yakunida talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berilib, ularning fikr-mulohazalari tinglandi.