UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

“Dolzarb 90 kun” doirasida – KITOBXONLIK tashkil etildi 2025-yil 14-iyul kuni Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetida maktab o‘quvchilari hamda mahalla yoshlari ishtirokida kitobxonlik tadbiri tashkil etildi.

14.07.2025 1 daq o'qish 1

Tadbir davomida yoshlarga kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish, o‘qish orqali shaxsiy va intellektual rivojlanishga erishish mumkinligi haqida tushunchalar berildi. Kitob – bilim manbai, tafakkur va dunyoqarashni kengaytiruvchi eng kuchli vosita ekani aytildi.

Shuningdek, ishtirokchilar o‘zlari o‘qigan asarlardan gapirib, kitob mutolaasining ahamiyatiga to‘xtalishdi. Tadbir doirasida qiziqarli savol-javoblar, viktorinalar o‘tkazilib, faol ishtirokchilarga kitoblar sovg‘a qilindi.

Ulashish: