UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

“Dolzarb 90 kun” doirasida turizm to‘garagi tashkil etildi 2025-yil 10-iyul kuni Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida maktab o‘quvchilari hamda mahalla yoshlari ishtirokida turizm to‘garagi tashkil etildi.

11.07.2025 1 daq o'qish 1

Mazkur tadbir yoshlar orasida turizm sohasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, ularni milliy madaniy merosimiz bilan yaqindan tanishtirish, shuningdek, faol hayot tarzini targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazildi. To‘garak davomida qatnashchilar turizmning dolzarb yo‘nalishlari, mamlakatimizda mavjud sayyohlik salohiyati hamda xalqaro turizmda yoshlarning tutgan o‘rni haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Tadbir doirasida interaktiv muloqotlar, viktorinalar, amaliy mashg‘ulotlar va ekskursiyalar ham tashkil etildi. Bu esa yoshlarda sohaga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.

Ulashish: