UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Talabalarimizning navbatdagi yutug‘i

18.05.2026 1 daq o'qish 1

Talabalarimizning navbatdagi yutug‘i

Universitetimizning Tarjima nazariyasi va amaliyoti dasturi 2-bosqich talabalari xitoy tilini o‘rganishda katta muvaffaqiyatlarga erishdilar. Muftillaeva Mohinur, Abdieva Firuza, Nugmanova Leyla va Xayrullaeva E‘zoza xitoy tilidan HSK 4 (B2 daraja) imtihonini muvaffaqiyatli topshirishdi.

Ushbu imtihon xitoy tilini o‘rganuvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, talabalar matnni tushunish, yozma va og‘zaki nutq, grammatika va lug‘at boyligi bo‘yicha B2 daraja sertifikatiga ega chiqdilar. HSK 4 xitoy tilida kundalik, ilmiy va kasbiy mavzularda bemalol fikr bildirish, murakkab matnlarni o‘qib tushunish imkoniyatini beradi.

Mazkur yutuq talabalarning xitoy tilini puxta egallashga bo‘lgan jiddiy yondashuvi, o‘qituvchi va universitet ma’muriyatining samarali faoliyati natijasidir. Kelgusida ushbu talabalar HSK 5 va HSK 6 darajalarini ham egallash, shuningdek, xitoy tilidagi akademik va kasbiy faoliyatda yuqori natijalarga erishish niyatida.

Ulashish: