Qozog‘iston Respublikasining Ta’loim sifatini ta’minlash bo‘yicha mustaqil agentligi ((Білім сапасын қамтамасыздандыру бойынша тәуелсіз агенттігі (IQAA))ning taklifiga muvofiq universitetimizning Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) Mansurova Nargiza Shamsiddinovna joriy yilning 3-4 – noyabr kunlari Qozog‘istonining Turkiston shahrida joylashgan Turizm va mehmondo‘stlik xalqaro universitetining ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha ekspert komissiyasining a’zosi sifatida faoliyat olib bordi.https://iuth.edu.kz/2025/11/05/halyqaralyq-bagdarlamalyq-akkreditteu/Mazkur jarayonlarda oʻquv dasturlarining taʼlim jarayoniga joriy etilishi, oliy taʼlim muassasasining moddiy texnik bazasi, tadqiqotchilarga ilmiy, ijodiy hamda loyihalash ishlarini olib borishlari uchun yaratilgan sharoitlar, doktorant va mustaqil izlanuvchilar faoliyati samaradorligi bilan bogʻliq qator yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshirilgan ishlar holati o‘rganildi.Xalqaro akkreditatsiya jarayonlarida ishtirok etayotgan universitetimiz vakillarining soni oshib borayotganligi universitetimizning xalqaro jozibadorligi oshib borayotganligining yorqin namunasi deyish mumkin.