“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor tayinlandi
Yetakchi olim, ta'lim sohasida katta tajribaga ega professor Badarch Dendev — xalqaro miqyosda tan olingan oliy ta’lim sohasidagi yetakchisi, YuNESKOning Toshkentdagi vakolatxonasi sobiq direktori, raqamli transformatsiya, tizimli fikrlash va ta’lim innovatsiyalari bo‘yicha ekspert. Akademiya, davlat boshqaruvi va xalqaro tashkilotlarda 40 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lib, Osiyo va Yevropada oliy ta’lim, raqamli ta’lim va ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish sohasida yirik islohotlarga rahbarlik qilgan.
U Mongoliya fan va texnologiya universiteti rektori, Mongoliya milliy universiteti prezidenti va YuNESKO direktori, jumladan Parij, Moskva va Toshkentdagi rahbar lavozimlarda ishlagan. U Mongoliyada birinchi bo‘lib ommaviy ochiq onlayn kurslarni (MOOC) joriy qilganligi, ochiq ta’lim va raqamli ta’lim siyosatini ilgari surganligi hamda muassasaviy transformatsiya va salohiyatni oshirishni qo‘llab-quvvatlaganligi bilan keng tan olingan.
Professor Dendev 15 ta kitob, 40 dan ortiq ilmiy maqola va 300 dan ziyod akademik ishlarning muallifi. Hozirgi paytda uning faoliyati oliy ta’lim transformatsiyasi, ta’limda sun’iy intellekt, tizimli fikrlash va umrbod ta’lim olish masalalariga qaratilgan.