Universitetimiz talabalarining badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan “Birgalikda kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida Axborot-resurs markazi tomonidan “Talaba o‘qishi zarur bo‘lgan 100 ga yaqin kitoblar” ro‘yxati shakllantirildi. Ushbu durdona asarlar nafaqat dunyoqarashni kengaytiradi, balki talabalarda mustaqil fikrlash, ma’naviy yetuklik va intellektual salohiyatni rivojlantirishga xizmat qiladi. Aziz talaba-yoshlar sizlarni ushbu nodir asarlarni o‘qishni tavsiya qilamiz!