“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Tillar va global tadqiqotlar” kafedrasi mudiri, dotsent Sultanov Tulkin Irgashevichning “TRACES OF OTTOMAN TURKISH IN THE CHAGATAI POEMS OF SEYDI ALI REIS” sarlavhali maqolasi nufuzli “Türk Kültürü ve Hacı Bektaş Veli Araştırma Dergisi” jurnalida chop etildi! Ushbu jurnal Scopus (Q2), DOAJ, ERIH PLUS va TR Dizin bazalarida indeksatsiyalangan.
Dotsent T.I.Sultanovni ushbu yutuqlari bilan chin dildan tabriklaymiz va ilmiy faoliyatlarida yangi marralarni zabt etishlarini tilaymiz!