Joriy yilning 17–18-oktabr kunlari Navoiy shahrida “Alisher Navoiy ilmiy-adabiy merosining umumbashariyat ma’naviy va ma’rifiy taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusidagi V xalqaro ilmiy konferensiya yurtimizdagi ko‘plab tilshunos olim va mutaxassislarni bir joyga jamlagani va bu yerda juda katta ilmiy anjuman o‘tkazilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Ushbu ilmiy konferensiyada universitetimiz “Tillar va global tadqiqotlar” kafedrasi dotsenti v.b., PhD Umida Otayarova ham “Alisher Navoiy adabiy merosining xalq ma’naviy hayotida tutgan o‘rni” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Ma’ruzaning dolzarbligi va unda ko‘tarilgan ilmiy masalalar ishtirokchilarda qiziqish uyg‘otdi.
Mazkur ilmiy konferensiya – buyuk mutafakkir, mumtoz adabiyotimiz sultoni Alisher Navoiy ijodini yanada chuqurroq o‘rganish, uning bebaho merosini bugungi zamon ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyoti yo‘lida qayta anglashga xizmat qilmoqda.