Jumladan, u tanlovning shahar bosqichida 1-o‘rinni, shuningdek viloyat bosqichida ham 1-o‘rinni egallab, tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. Mazkur yutuqlar Muslima Amiriddinovaning yuksak ilmiy salohiyati, ijodiy faolligi hamda ta’lim va ilm-fan sohasidagi samarali faoliyatining yorqin natijasi hisoblanadi. Universitet jamoasi Muslima Amiriddinovani ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab, respublika bosqichida omad va zafarlar tilaydi.