O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Oliy ta’lim muassasalarida “Qalqon” jamoatchilik guruhlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 2024-yil 26-dekabrdagi 55-Q/Q-sonli Qoʻshma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ham “Qalqon” jamoatchilik guruhi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Universitetda jamoatchilik guruhi faoliyatini takomillashtirish hamda yangi qabul qilingan a’zolarni kerakli ko‘nikmalar bilan ta’minlash maqsadida universitet rektor maslahatchisi S.Qulmurodov, universitet profilaktika inspektori Sh.Qurbonov hamda universitet yoshlar yetakchisi S.Haydarovlar ishtirokida amaliy seminar tashkil etilib, guruh a’zolariga faoliyati yuzasidan kerakli ma’lumotlar berildi.