Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Universitetimiz 1-bosqich talabalari o‘rtasida “Balli qizlar” tanlovi tashkil qilindi

18.03.2026 1 daq o'qish 44

Universitetimiz 1-bosqich talabalari o‘rtasida “Balli qizlar” tanlovi tashkil qilindi

"Tillar va global tadqiqotlar" kafedrasi o'qituvchisi Phd U.Otayorova hamda tyutor Sh.Zayniddinova tashkilotchiligida 1-bosqich talabalari ishtirokida "Balli qizlar" tanlovi o‘tkazildi. Tanlov talaba-qizlarning iqtidorlarini yuzaga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Tanlov 4 ta qiziqarli, mazmunli shart asosida tashkil qilinib, unda tanishtiruv, Zulfiya Isroilova hayoti va ijodiga bag‘ishlangan hamda mantiqiy savollar, erkin mavzu hamda ayrim keraksiz buyumlardan san’at asari yaratish kabilar bo‘ldi. Tanlov yakuniga koʻra ishtirokchilar quyidagicha oʻrinlarni qo‘lga kiritdilar:

1-o'rin Gulayim Qazaqbayeva

2-o'rin Marjona Mansurova

3-o'rin Shahzoda Esonova

Tanlov g‘oliblarini muborakbod etamiz.

Galereya

Ulashish: