“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida bitiruvchilar bilan aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida “Student alumni association” loyihasiga start berildi.
Mazkur tashabbus doirasida universitetni muvaffaqiyatli tamomlab, hozirda turizm, madaniy meros, ta’lim, biznes va boshqa yetakchi sohalarda faoliyat olib borayotgan bitiruvchilar bilan birinchi bosqich talabalari uchrashuvi tashkil etildi. Samarqand xalqaro airportida menedjer lovazimida faoliyat olib borayotgan Shohruh Sultonov va Germaniyaning Vestkuste amaliy fanlar universitetida Xalqaro turizm menejmenti yoʻnalishda magistraturda ta’lim olib kelayotgan Nigina Ziyadullayeva bilan uchrashuv boʻlib o’tdi.
Uchrashuv davomida bitiruvchilar o‘z tajribalari, ish faoliyati jarayonida orttirgan bilim va ko‘nikmalari, shuningdek, shaxsiy muvaffaqiyat yo‘llari bilan o‘rtoqlashdilar. Talabalar esa o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish, kelajakdagi kasbiy rejalari uchun muhim maslahatlar eshitish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Ushbu loyiha bitiruvchilar va talabalarning doimiy muloqotini yo‘lga qo‘yish, yoshlarni kasbiy rivojlanishga ruhlantirish hamda ularni mehnat bozoridagi amaliy tajriba bilan tanishtirishga xizmat qiladi.
Universitetda kelgusida ham bitiruvchilar bilan uchrashuvlarni muntazam o‘tkazish va hamkorlikni yanada kengaytirishni rejalashtirmoqda.