UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Toshkent Xalqaro Turizm Yarmarkasi yakunida universitetimiz Turizm qo‘mitasining uchta mukofotiga sazovor bo‘ldi

03.12.2025 1 daq o'qish 1

Toshkent Xalqaro Turizm Yarmarkasi yakunida universitetimiz Turizm qo‘mitasining uchta mukofotiga sazovor bo‘ldi

2025-yil 29-noyabr kuni Toshkent Xalqaro Turizm Yarmarkasi o‘z yakuniga yetdi. Tadbir doirasida universitetimiz Turizm qo‘mitasi tomonidan bir nechta faxriy mukofotlar bilan taqdirlandi.

Yarmarkaning yopilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratboy Sharipov hamda Turizm qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Sardor Niyozov ishtirok etib, so‘zga chiqishdi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda talabamiz Kamola Xabibullaeva turizm ta’limi rivojiga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun Turizm qo‘mitasi tomonidan tashkil qilingan faxriy yorliqlar topshirildi. Universitetimiz nomidan prorektor, professor Zou Tongqian anjumanda ishtirok etib, Turizm qo‘mitasi tomonidan topshirilgan sertifikatlarni qabul qilib oldi.

Ulashish: