“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xalqaro hamkorlik yo‘nalishida yana bir muhim akademik tashabbusni muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Atatürk Universiteti Turizm yo‘riqchiligi fakulteti yetakchi olimi professor Ahmet Cavus 2025-yil 24–31-oktabr kunlari universitetimizda ORHUN akademik almashinuv dasturi va faoliyat protokoli doirasida tashrif buyurdi. Tashrif doirasidagi barcha o‘quv-uslubiy mashg‘ulotlar, suhbatlar va seminarlar universitetimizning Turizm fakulteti bilan hamkorlikda tashkil etildi. Professor Cavus ushbu davr mobaynida turizm ta’limi bo‘yicha ma’ruzalar o‘qidi, talabalarga zamonaviy turizm amaliyoti, xizmatlar sifati va yo‘riqchilik faoliyatining global tendensiyalari haqida chuqur ilmiy-amaliy bilimlar berdi. Shuningdek, Turizm fakulteti o‘qituvchilari bilan metodik tajriba almashildi, kelgusidagi qo‘shma ilmiy loyihalar, xalqaro almashinuv dasturlarini kengaytirish va turizm ta’limi sifatini oshirish bo‘yicha samarali muzokaralar olib borildi.