UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

DIQQAT E’LON!

21.04.2025 1 daq o'qish 1

DIQQAT E’LON!

2025-yil 25-26-aprel kunlari Toshkent shahrida “Koreya Respublikasida ta’lim olish – 2025” mavzusida ko‘rgazma o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Mazkur tadbir Toshkent shahridagi Koreya ta’lim markazi binosida tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Manzil: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Tallimarjon ko‘chasi,

3-uy.

Ko‘rgazma o‘tkazilishidan maqsad – O‘zbekistonlik talabalarni Koreya universitetlarida ta’lim olish imkoniyatlari, xususan Koreya universitetlarining o‘qish tartibi, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari, o‘qish muddatlari va shart-sharoitlari bilan tanishtirish.

Shuningdek, ko‘rgazma davomida Koreyaning turli universitetlari bo‘yicha taqdimotlar namoyish etiladi. Qiziqish bildirgan universitetimiz vakillarini asosiy darslarga ta’sir qilmagan holda, mazkur tadbirda ishtirok etishlarini so'rab qolamiz.

Ulashish: