16-iyun kuni universitetimiz faollar zalida rektor Muxsinjon Xolmuxamedovning talabalar bilan ochiq va samimiy muloqoti bo'lib o‘tdi. Uchrashuv kitobxonlik mavzusiga bag‘ishlandi. Rektor tomonidan talabalarning yozgi ta’til davrida ham bilim olishdan to‘xtamaslik, turli adabiyotlarni o‘qib intellektual salohiyatini oshirish maqsadida “Kitob mutolaasi chellenji” e’lon qilindi. Prezidentimizning yoshlarni kitob o‘qishga jalb etish borasidagi sa’y-harakatlarining mantiqiy davomi sifatidagi ushbu tashabbus talabalar tomonidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlandi. “Kitob mutolaasi chellenji”da har bir talaba tavsiya etilgan kitoblarni mutolaa qilishi, аqlni charxlash va o‘qigan kitoblari haqida muhokamalar tashkil etish uchun maxsus Telegram-bot kanali yaratilishi, кanalda doimiy munozaralar o‘tkazilib, faol ishtirokchilar moddiy rag‘batlantirilishi aytildi. Savol-javob va suhbat shaklida o‘tgan tadbirda universitet rahbari jahonga mashhur shaxslarning asosiy yutuqlaridan biri bu kitob o‘qish va o‘zi ustida tinimsiz ishlash ekanligini ta’kidlab, talabalarga kuchli motivatsiya berdi. Shuningdek, yangi o‘quv yilidan boshlab kitob mutolaasi bo‘yicha yangi loyihalar yo‘lga qo‘yilishi hamda universitet talaba-yoshlarning imkoniyatlarini ro‘yobga chiqaruvchi maskan bo‘lishi lozimligi alohida ta’kidlandi.