Universitetimiz “Yozma va og‘zaki tarjima tadqiqotlari” kafedrasi o‘qituvchisi Charos Hamdamova O‘zbekiston Respublikasi Turizm va iqtisodiyot sohalarida kadrlar qayta tayyorlash Samarqand markazida umumiy 576 soatdan iborat “Ekskursiya xizmatlarini tashkil etish” Samarqand shahri, Samarqand viloyati, Shahrisabz shahri yo‘nalishi bo‘yicha tashkil qilingan qayta tayyorgarlik kursini muvaffaqiyatli yakunlab diplom bilan taqdirlandi.
O‘qituvchimizni muborakbod etgan holda turizm sohasida muvaffaqiyatli faoliyat olib borishida omad tilaymiz.