Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasining 2025-yil 11-noyabrdagi 380-AF-son buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida universitetda yangi o‘quv loyihasi yo‘lga qo‘yildi. 2025-yil 12-noyabrdan boshlab universitetda gidlik sertifikatiga ega bo‘lgan 24 nafar talabgor uchun 9 oylik imtiyozli xitoy tili tayyorlov kursi tashkil etildi. Mazkur kurs kelgusida xitoy tilini chuqur o‘zlashtirgan, malakali va raqobatbardosh professional gidlarni tayyorlashga xizmat qiladi.