Kun sayin ilmiy salohiyati yuksalib borayotgan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining bir qator yosh va umidli o‘qituvchilari ilmiy darajalarga ega bo‘lishdi.
Universitetimiz dekani, madaniy meros kafedrasi o‘qituvchisi Nodir Xushvaqtov, Ilmiy bo'lim yetakchi mutaxassisi Nodirjon Xoliqov, sirtqi bo'lim bosh mutaxassisi Ibragim Nimatov, Turizm kaferdasi o'qituvchisi Nilufar Raximova, Tillar va global tadqiqotlar kafedrasi o'qituvchisi Umida Otayorovalar PhD diplomini, Yozma va og‘zaki tarjima tadqiqotlari kafedrasi o‘qituvchisi Nargiza Turdieva dotsentlik attestatini olganligi bilan universitetimiz jamoasi nomidan muborakbod etamiz.
Bugun universitetimiz rahbariyati tomonidan ushbu yosh olimlarga diplomlari topshirishildi.
Barcha yosh olimlarimizning ilmiy ishlarida omad yor bo‘lsin!