025-yilning 25-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 2-bosqich talabalari uchun psixolog D.Turdieva va tyutor M.Tilavov hamkorligida “Ijobiy fikrlashni o‘rganamiz!” mavzusida ajoyib trening o‘tkazildi. Unda insondagi salbiy o‘y-fikrlardan xalos bo‘lishga yordam beruvchi amaliyotlar bajarildi. Pozitiv ruhda bo‘lish orqali hayot sifatini yaxshilash, omad, baxtga erishish yo‘llari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Trening talabalarga ko‘tarinki kayfiyat va doim oldinga intilishga kuch bag‘ishladi.