2026-yil 20-aprel kuni Xitoy Xalq Respublikasi Qingdao Universiteti Kengashi Raisi Hu Jinyan boshchiligidagi delegatsiya universitetga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda Qingdao Universiteti oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, talabalar almashinuvi dasturlarini kengaytirish va birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda maʼmuriy masalalar boʻyicha birinchi prorektor D.A.Nasimov ishtirok etib, tomonlar oʻzaro hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari yuzasidan muzokaralar olib bordi.