Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bilan universitetning profilaktika xodimi bilan hamkorlikda 3-kurs talaba-yoshlari ishtirokida 18.11.2025 kunida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusi ostida tadbir o‘tkazildi. O‘tkazilgan tadbir davomida yoshlar ongida halollik, poklik, adolat tamoyillarini mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish g‘oyalari talabalarga uqtirildi.
Shuningdek, bugungi kunda ko‘pchilik yoshlarda kiber jinoyatlar qurboni bo‘lgani sababli, kiber xavfsizlik bo‘yicha ham tushuntirish ishlari olib borildi. Tadbir davomida talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berildi.