"Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetining "Tillar va global tadqiqotlar" kafedrasi o‘qituvchisi Umida Otayarova rahbarligidagi "Mushoira" klubi a’zolari tomonidan talabalarning yozgi dam olish kunlaridagi ijodiy loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Ingliz tili yo‘nalishi talabasi Ruxshona Xamzayeva tomonidan yozilgan va "To You" deb nomlangan she’r hamda hikoyalardan iborat to‘plam keng jamoatchilik e’tiboriga havola etildi. Mazkur to‘plam yosh ijodkorning ingliz tilidagi badiiy tafakkuri va tarjima mahoratini namoyon etadi.
Shuningdek, Menejment yo‘nalishi talabasi, klub a’zosi Zarrux Nuriddinov tomonidan bolalar uchun mo‘ljallangan ingliz tilidagi multfilm o‘zbek tiliga tarjima qilinib, professional tarzda ovoz berilib dublyaj qilindi.
Talabalarimizning bunday tashabbuskorliklari tahsinga loyiq. Ularga ijodiy izlanishlarida va kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!