2025-yil 30-iyul kuni “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti tashabbusi bilan mahalla yoshlari va maktab o‘quvchilari uchun universitetdagi milliy kiyimlar galereyasiga ekskursiya uyushtirildi.
Ekskursiya davomida o‘quvchilar O‘zbekistonning boy tarixiy merosi, milliy urf-odatlari va turli davrlarga xos an’anaviy liboslari bilan yaqindan tanishdilar. Yoshlarda milliy madaniyat va ma’naviy qadriyatlarni targ‘ib etishga xizmat qiladigan ushbu tadbir katta taassurot qoldirdi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad:
• yoshlarda milliy an’analar va tarixiy merosga hurmat tuyg‘usini kuchaytirish;
• ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish;
• milliy liboslar orqali yurtimizning boy madaniy tarixini namoyon etish.
Bu kabi tashabbuslar yosh avlodning Vatanga muhabbati, milliy g‘ururi va ma’naviy tarbiyasi uchun muhim ahamiyat kasb etildi.