Hurmatli professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, doktorantlar va tadqiqotchilar!
Toshkent davlat transport universiteti (TDTU) Extrica nashriyoti bilan hamkorlikda sizni “Seysmik xavfsizlik, qurilishni raqamlashtirish va barqaror muhandislik” mavzusidagi 76-Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishga taklif etadi.
Mazkur konferensiya infratuzilma barqarorligini oshirish, seysmik xavflarni baholash hamda qurilish sohasiga zamonaviy raqamli texnologiyalarni (BIM) joriy etish masalalarini muhokama qilish uchun muhim ilmiy platforma hisoblanadi.