UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Hurmatli talabalar! Sizga mamnuniyat bilan ma’lum qilamizki, universitetimiz tomonidan talabalarimizning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish, ijodiy salohiyatini namoyon etish hamda zamonaviy media sohasida ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida turli videoroliklar va kreativ kontentlar tanlovi e’lon qilinadi!

22.08.2025 1 daq o'qish 1

📌 Tanlovda ishtirok etish orqali:

Mediasavodxonlik va ijodiy qobiliyatlaringizni namoyon etasiz;

Yurtdoshlarimiz uchun foydali va ilhomlantiruvchi kontentlar yaratish imkoniyatiga ega bo‘lasiz;

Tanlov jarayonida yangidan-yangi do‘stlar orttirasiz hamda tajriba almashasiz.

🎯 Tanlov mavzulari:

Ijtimoiy, ma’rifiy, vatanparvarlik, talaba hayoti, zamonaviy fan va texnologiyalar, shuningdek, boshqa ijobiy g‘oyalarni o‘z ichiga olgan videoroliklar va kreativ kontentlar.

🎁 Eng faol va ijodkor ishtirokchilar 2025-yil noyabr oyida tantanali ravishda taqdirlanadi va qimmatbaho sovg‘alar hamda faxriy esdaliklar bilan rag‘batlantiriladi!

⏳ Tanlovda ishtirok etish muddati:

To‘liq ma’lumotlar va topshirish tartibi haqida qo‘shimcha e’lonlar tez orada taqdim etiladi.

📣 Barcha talabalarni ushbu imkoniyatdan unumli foydalanishga, o‘z iste’dod va g‘oyalarini amalga oshirishga chorlaymiz!

Keling, birgalikda nafaqat o‘quv, balki ijodiy hayotimizni ham yorqin va mazmunli qilaylik!

Ulashish: