Joriy yilning 21-aprelidan boshlab Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Himoya tarmog‘i” (himoya_otv_bot) qayta tashkil etilganligini maʼlum qilamiz.
Ushbu to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa vositasi o‘quvchi-talaba qizlar hamda taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan shilqimlik, tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlarni tezkor qabul qilish, ko‘rib chiqish va zarur choralarni ko‘rish uchun mo‘ljallangan.
Sizning faolligingiz – xavfsiz muhit garovi. Har qanday salbiy holat yuz berganida “Himoya tarmog‘i” orqali bevosita murojaat qiling!
📍 Bot manzili: @himoya_otv_bot
⚡️ Murojaatingiz eʼtiborsiz qolmaydi.