Universitetimizning 1-bosqich Log-125 guruh talabalari ishtirokida ingliz tilida Debatex Club faoliyati boshlandi. Bu tashabbus – oddiy mashg‘ulot emas, balki ijodiy tafakkur, erkin fikrlash va amaliy tajriba maydoni hisoblanadi.
Klub doirasida talabalar nafaqat nazariy bilimlarni chuqurlashtiradilar, balki o‘z yo‘nalishlariga mos amaliy loyihalar, treninglar va interaktiv mashg‘ulotlar orqali tajribalarini boyitadilar.
Case study, tahliliy fikrlash, hamda jamoaviy yechim topish uslublaridan foydalangan holda talabalar o‘z fikrini erkin ifoda etish, muammoni tahlil qilish va ijodiy yechim topish ko‘nikmalarini rivojlantiradilar.