2025-yil 14-oktabr kuni “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetiga Xitoy Xalq Respublikasining Xabey provinsiyasi Madaniyat va turizm boshqarmasi, Madaniy meros boshqarmasi hamda Madaniy almashinuv markazi rahbarlari va mutaxassislaridan iborat delegatsiyani tantanali tarzda qabul qildi. Tashrif davomida ikki tomonlama akademik aloqalarni mustahkamlash, ilm-fan va madaniyat sohasida hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida o‘zaro foydali muloqot maydoniga aylandi. Mehmonlarni universitetning birinchi prorektori D. Nasimov hamda prorektor Tongsyan Zou samimiy qabul qildi. Uchrashuv chog‘ida tomonlar turizm, madaniy merosni o‘rganish va saqlash, ta’lim sohasida hamkorlik, ayniqsa, akademik almashinuv dasturlarini amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar. Umumiy manfaatlarga xizmat qiluvchi loyihalar yuzasidan dastlabki kelishuvga erishildi