Bugun, 20 oktabr kuni, universitetimizga CN Asia-Star International kompaniyasi raisi va Jiangsu Savdo palatasi prezidenti Yan Dunsheng boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni dastlab oliygohimizning Ma’muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektori D.Nasimov hamda prorektor Tongqyan Zou kutib olishdi.
Uchrashuv davomida kelajakda Jiangsu viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari bilan akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasida o‘zaro fikr almashildi. Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari universitet kampusi bilan yaqindan tanishib, universitetda yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot oldi.