Joriy yilning 12-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mas’ullari ishtirokida talabalar bilan uchrashuv tashkil qilindi. “Giyohvandlik — umr zavoli” mavzusida o‘tkazilgan ushbu uchrashuvda bugungi kunda bu “zaxri qotil” qancha insonlarning hayotini barbod qilayotgani xususida so‘z yuritildi. Mutasaddilar talabalariga giyohvandlik va uning oqibatlari haqida batafsil ma’lumot berishdi. Tadbir davomida videolavha namoyish qilinib, unda yoshlarning bilib-bilmay ushbu illat domiga tushib qolayotgani haqida so‘z bordi. Uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.