UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

“IPAK YO‘LI” TURIZM VA MADANIY MEROS XALQARO UNIVERSITETINING ILK GID-EKSKURSOVODLARIGA DIPLOMLAR TOPSHIRILDI.

11.04.2025 1 daq o'qish 1

“IPAK YO‘LI” TURIZM VA MADANIY MEROS XALQARO UNIVERSITETINING ILK GID-EKSKURSOVODLARIGA DIPLOMLAR TOPSHIRILDI.

Bugun 11-aprel kuni universitet faollar zalida 20 nafar bitiruvchi tinglovchilarga, 630 soatlik kursni tamomlaganliklari haqidagi Diplom topshirish marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirda universitet rahbariyati ishtirok etib, barcha bitiruvchilarni ushbu diplom bilan muborakbod etdi va tantanali ravishda diplomlar topshirildi.

Turizm sohasidagi katta imkoniyatlarga ega nufuzli xalqaro davlat universitetida Prezident qarori bilan 2024-2026-yillar davomida yapon, arab, xitoy tillarida jami 400 nafar gid-tarjimonlarni tayyorlash vazifasi belgilangan.

Tinglovchilar “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining malakali professor-o‘qituvchilaridan nazariy va amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

Ulashish: